Valyuta kurslari 29/08/2025
$1 – 12482.38
UZS – 0,56%
€1 – 14540.72
UZS – 1,07%
₽1 – 155.23
UZS – 0,62%
Qidirish
2024 yilda O‘zbekiston muzeylariga 4,8 million kishi tashrif buyurdi

2024 yilda O‘zbekiston muzeylariga 4,8 million kishi tashrif buyurdi

2024 yilda O‘zbekiston muzeylariga 4,8 million kishi tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yilda O‘zbekiston muzeylarini 4,8 million kishi ziyorat qildi.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga mamlakatda filiallari bilan birga 138 ta muzey faoliyat ko‘rsatgan. Ziyoratchilar orasida 1,4 million nafarini xorijiy sayyohlar tashkil etdi.

Eng ko‘p tashrif buyurilgan muzeylar qatoridan Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi 1 035 325 nafar mehmon bilan birinchi o‘rinni egalladi. Registon ansambli direksiyasiga 908 225 kishi tashrif buyurgan. Davlat Shon-sharaf muzeyi 656 355 nafar tomoshabinni qabul qilgan. Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi 489 208 nafar, Ichan-Qalʼa davlat muzey-qo‘riqxonasi esa 456 917 nafar mehmonga xizmat ko‘rsatdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling