Valyuta kurslari 18/07/2025
$1 – 12658.19
UZS – -0,79%
€1 – 14672.11
UZS – -1,0%
₽1 – 161.44
UZS – -1,16%
Qidirish
Moliya 17/07/2025 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 27 foizga o‘sdi

2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 27 foizga o‘sdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning yanvar-iyun oylarida chet eldan mamlakatimizga kelib tushgan pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27 foizga (1,8 mlrd doll) ko‘payib, 8,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki ma’lum qildi.

Mablag‘larning 78 foizi Rossiyadan (6,4 mlrd doll) kelib tushgan bo‘lib, qolgan qismi Qozog‘iston, AQSH, Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Qirg‘iziston, Litva hamda boshqa mamlakatlar hissaciga to‘g‘ri keldi.

2025 yilning I yarim yilligida O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari hajmining o‘sishiga mehnat muhojirlari ishlaydigan anʼanaviy mamlakatlarda ishchi kuchiga talab va ish haqlarining nisbatan yuqori darajada saqlanib qolishi bilan bir qatorda, milliy valyuta kurslarining mustahkamlanishi taʼsir qildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi geografiyasida diversifikatsiya jarayonlari davom etib, bu rivojlangan mamlakatlardan O‘zbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmlari o‘sishida namoyon bo‘ldi.

Xususan, transfertlar hajmi Buyuk Britaniyadan 2 barobar, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan 41 foizga (Irlandiya 2,8 barobar, Litva 79 foiz, Niderlandiya 44 foiz, Polsha 20 foiz) hamda AQSHdan 15 foizga oshdi.

Ushbu davrda jismoniy shaxslarga kelib tushgan mablag‘larning 4,3 mlrd dollari (53 foizi) anʼanaviy xalqaro pul o‘tkazma tizimlari orqali (2024 yilning mos davriga nisbatan o‘sish 22 foiz), 3,6 mlrd dollari (44 foizi) xorijdan jismoniy shaxslarning bank kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri – P2P o‘tkazmalar orqali (o‘sish 40 foiz) hamda 251 mln dollari (3 foizi) bank o‘tkazmasi – SWIFT orqali (kamayish 22 foiz) amalga oshirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling