Valyuta kurslari 14/02/2025
$1 – 13003.95
UZS – 0,11%
€1 – 13554.02
UZS – 0,59%
₽1 – 143.20
UZS – 3,64%
Qidirish
Turizm 20/01/2025 229 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Turkiyaga safar qildi

229 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Turkiyaga safar qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil yanvar-dekabr oylari davomida 229,3 ming O‘zbekiston fuqarosi Turkiyaga safar qilgani qayd etildi, deb xabar beradi Statistika agentligi.

2023-yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 41,5 ming kishiga oshdi, bu esa 22,1% o‘sishni tashkil qiladi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 174 102 kishi Turkiyaga turizm maqsadida borgan. Shuningdek, 46 656 kishi qarindoshlarini ziyorat qilish uchun safar qilgan.

Bundan tashqari, 4 116 fuqaro tibbiy yordam olish maqsadida, 2 711 kishi o‘qish uchun va 1 671 kishi xizmat safari uchun Turkiyaga yo‘l olgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling