Valyuta kurslari 18/07/2025
$1 – 12658.19
UZS – -0,79%
€1 – 14672.11
UZS – -1,0%
₽1 – 161.44
UZS – -1,16%
Qidirish
O‘zbekiston 18/07/2025 50 nafar o‘zbekistonlik talaba har yili Vengriyaning Obuda universitetida tahsil oladi

50 nafar o‘zbekistonlik talaba har yili Vengriyaning Obuda universitetida tahsil oladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 16-iyul kuni Vengriyaning Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Vengriyadagi yetakchi oliygohlardan biri — Obuda universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, jumladan, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha aniq mexanizmlarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda oliy va kasbiy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sohasidagi istiqbolli loyihalar, jumladan, O‘zbekistondan har yili 50 nafar talabani Obuda universitetiga yuborish tashabbusi atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar mazkur tashabbusning huquqiy asosini ta’minlash maqsadida ta’lim yo‘nalishlari, qabul shartlari, moliyalashtirish mexanizmi va kvotalar taqsimoti aks etgan hujjat loyihasini muhokama qildilar.

Shohrux Daliyev ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik barqaror va amaliy natijalarga ega ekanini qayd etar ekan, bu hamkorlik o‘zaro ishonch va manfaatli sheriklikka asoslanganini alohida ta’kidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling