Valyuta kurslari 30/06/2025
$1 – 12654.13
UZS – 0,54%
€1 – 14817.99
UZS – 0,4%
₽1 – 161.18
UZS – 0,47%
Qidirish
Sport 04/01/2025 Abduqodir Xusanov 2024-yilda «Lans» klubining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Abduqodir Xusanov 2024-yilda «Lans» klubining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Xusanov 2024-yil Fransiyaning «Lans» klubidagi eng yaxshi futbolchi sifatida tan olindi.

U muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada 77% ovoz to‘pladi. Nomzodlar orasida avstriyalik himoyachi Kevin Danso (9%) va fransuz darvozaboni Briz Samba (15%) ham ishtirok etdi.

Xusanov «Lans»ga 2023-yil qo‘shilgan bo‘lib, joriy mavsumda Liga 1 doirasida 13 ta o‘yin o‘tkazdi. U shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi.

Shuningdek, 20 yoshli Xusanovga Angliya Premer-ligasining bir qator klublari, jumladan «Manchester Siti», qiziqish bildirgani xabar qilingan. Futbolchining transfer qiymati 30 million yevro etib baholanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling