Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
Andijon viloyati AQSHning ITF GROUP kompaniyasi bilan to‘qimachilik sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

Andijon viloyati AQSHning ITF GROUP kompaniyasi bilan to‘qimachilik sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

Andijon viloyati AQSHning ITF GROUP kompaniyasi bilan to‘qimachilik sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Missuri shtatidagi Sent-Luis shahrida Andijon viloyati hokimligi hamda AQSHda faoliyat yuritayotgan ITF GROUP kompaniyasi o‘rtasida to‘qimachilik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Ushbu hujjatning asosiy maqsadi – Andijon viloyatida to‘qimachilik sanoatini yana-da rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishdan iborat.

Memorandum doirasida hududga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy to‘qimachilik korxonalarini tashkil etish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish, mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish orqali eksport salohiyatini oshirish, minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish, sohada malakali mutaxassislar tayyorlash va qayta o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgan.

Imzolangan memorandum iqtisodiy samara bilan bir qatorda, Andijon viloyatining investitsiyaviy faoliyatini rivojlantirish, mahalliy brendlarni xalqaro miqyosga olib chiqish va O‘zbekistonning to‘qimachilik sohasidagi global raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling