Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
Bank nazorati qoʻmitasi joriy yilning avgust oyida ellikdan ortiq masalani koʻrib chiqdi

Bank nazorati qoʻmitasi joriy yilning avgust oyida ellikdan ortiq masalani koʻrib chiqdi

Bank nazorati qoʻmitasi joriy yilning avgust oyida ellikdan ortiq masalani koʻrib chiqdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan 2025-yilning avgust oyidagi yigʻilishlarida (9-marta) 51 ta masala koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 32 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish (9 ta), yangi ochilayotgan mikromoliya tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish (8 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (3 ta), mikromoliya tashkilotini reestrdan chiqarish (2 ta) va banklarda audit oʻtkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish (1 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini koʻrib chiqish (9 ta) bilan bogʻliq masalalar koʻrildi.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 19 ta masala – Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan inspeksiya natijalari, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan masalalar ham muhokama qilindi.

Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi, hududlarda muammoli kreditlarni undirish va ular qoldigʻini kamaytirish yuzasidan ishlab chiqilgan reja-grafiklar ijrosi bajarilmaganligi hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 14 ta bank va 2 ta toʻlov tashkiloti chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Shuningdek, Markaziy bank talablari va oʻtkazilgan inspeksiya tekshiruvlari davomida, hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilinishida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 9 ta bank, 6 ta mikromoliya tashkiloti va 4 ta lombardga nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanildi.

Bundan tashqari, ustav kapitalining eng kam miqdorini shakllantirilishi boʻyicha qonunchilik talablariga rioya qilinmaganligi uchun 1 ta bankka berilgan litsenziya chaqirib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling