Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Boysunda metan zapravkasida portlash: Nexia haydovchisi halok bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 28 iyun kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi metan gazi quyish shoxobchasida fojeali hodisa ro‘y berdi — Nexia rusumli avtomobilda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, haydovchi AGNKSga avtomashinasini quyish uchun kelgan. Quyish jarayonida kutilmaganda portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda erkak kishi og‘ir jarohatlar olib, hodisa joyida vafot etgan.
Ayni paytda mutasaddi idoralar tomonidan portlash sabablari va holatlari o‘rganilmoqda. Hodisa yuzasidan rasmiy izohlar hali eʼlon qilinmadi.