Valyuta kurslari 16/07/2025
$1 – 12778.12
UZS – 0,62%
€1 – 14931.23
UZS – 0,56%
₽1 – 164.01
UZS – 1,14%
Qidirish
Moliya 15/07/2025 Buxoro tibbiyot institutidagi 8,6 milliard so‘mlik tender bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi

Buxoro tibbiyot institutidagi 8,6 milliard so‘mlik tender bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro tibbiyot instituti tomonidan “Aqlli issiqxona” (vertikal ko‘p bosqichli yashil ekinlarni yetishtirish uchun konteyner turi) xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 8,6 mlrd. so‘mlik tender yuzasidan maʼlumotlar eʼlon qilingan.

Ushbu tender yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan murojaatga asosan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish natijasida Buxoro tibbiyot instituti tomonidan tender savdosini o‘tkazishda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilganligi alomatlari aniqlanib, tegishli tartibda ish qo‘zg‘atildi.

Qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling