Valyuta kurslari 30/06/2025
$1 – 12654.13
UZS – 0,54%
€1 – 14817.99
UZS – 0,4%
₽1 – 161.18
UZS – 0,47%
Qidirish
Moliya 26/11/2024 Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Ma’lumotga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining maoshi 20%ga, 2025-yil 1-iyuldan esa yana 15%ga oshiriladi.

Shuningdek, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling