Valyuta kurslari 30/06/2025
$1 – 12654.13
UZS – 0,54%
€1 – 14817.99
UZS – 0,4%
₽1 – 161.18
UZS – 0,47%
Qidirish
O‘zbekiston 30/06/2025 Davlat mukofotlari – yoshlarga e’tibor va ishonch belgisi

Davlat mukofotlari – yoshlarga e’tibor va ishonch belgisi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28-iyundagi farmon va qaroriga muvofiq, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida bir guruh ilg‘or yigit-qizlar “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi.

30-iyun – Yoshlar kunida Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida ana shu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida yigit-qizlarni Yoshlar kuni bilan tabrikladi. Bolalarni yuqori darajada o‘qitish, xorijiy universitetlarga tayyorlash, yoshlarning startap va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Uchrashuvda yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘ldi.

Shundan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi.

– Yoshlikdagi harakat bu – kelajakdagi yutuq degani. Yoshlikda orttirilgan do‘st – bir umrlik hamkor, tayanch va suyanch degani. Hech qachon unutmang, farzandlari bilimli, sog‘lom, mard va jasur, doimo oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning kelajagi albatta yorug‘ bo‘ladi. Men butun O‘zbekiston yoshlari ana shunday fazilatlar egasi bo‘lishini tilayman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mukofotlanganlar davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi, kelgusida yanada katta natijalarga erishib, xalqimiz ishonchini oqlashini ta’kidlashdi.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ziyolilar, ota-onalar ishtirok etdi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling