Deputatlar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiyaga kiritilgan oʻzgartirishlarni maʼqulladilar

Deputatlar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiyaga kiritilgan oʻzgartirishlarni maʼqulladilar

Deputatlar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiyaga kiritilgan oʻzgartirishlarni maʼqulladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda “Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi konvensiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan bog‘liq bayonnomalarni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Qonun loyihasi bilan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Chikago konvensiyasiga kiritilgan ayrim o‘zgartirishlarni ratifikatsiya qilish nazarda tutilmoqda. Xususan, Konvensiyaning 50 (a)-moddasiga muvofiq Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti Kengashi a’zolari sonini 36 tadan 40 tagacha, 56-moddasiga asosan, Aeronavigatsiya komissiyasi a’zolari sonini esa 19 tadan 21 tagacha oshirish belgilanmoqda.

Muhokamalarda qayd etilganidek, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga a’zo davlatlar sonining ortib borayotgani hamda xalqaro havo transportining jahon iqtisodiyotidagi o‘rni tobora kuchayib borayotgani mazkur o‘zgartirishlarning dolzarbligini belgilamoqda. Kengash tarkibining kengaytirilishi tashkilotga a’zo davlatlarning vakillikdagi muvozanatini ta’minlash imkonini beradi.

Shuningdek, Aeronavigatsiya komissiyasi tarkibining kengaytirilishi turli davlatlar vakillarining texnik bilim va amaliy tajribasidan yanada samarali foydalanishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasining Chikago konvensiyasi doirasidagi xalqaro majburiyatlarini to‘liq bajarishini ta’minlaydi. Fuqaro aviatsiyasi sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.

Qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling