Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
Dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kunida O‘zbekiston to‘qqizta medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Indoneziyada oʻsmirlar toifasidan soʻng yoshlar oʻrtasida dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatiga navbat berildi.

Birinchi kunda O‘zbekiston terma jamoasi ajoyib natijalar ko‘rsatib, uchta oltin, uchta kumush va uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

60 kilogramm vazn toifasida Samariddin Qo‘chqorov, 66 kilogramm vazn toifasida Dilshodbek Hamroyev, 52 kilogramm vazn toifasida Soʻg‘diyona Rafkatova oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Kumush medallar Bunyod Safarov (73 kg), Rayhona Mamatova (57 kg) va Nigina Saparboyeva (63 kg)ga nasib etdi.

Bronzani Muhriddin Ma’rufov (73 kilogrammgacha), Sevinch Murodova (48 kilogrammgacha) va Moxinur Allaberganova (57 kilogrammgacha) qo‘lga kiritdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling