FAO Namangan viloyati bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
FAO Namangan viloyati bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh qarorgohining O‘simlikchilik va o‘simliklarni himoya qilish departamenti direktori Yurdi Yasmi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov va boshqa mutasaddilardan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Muloqotda viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasini yana-da rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, o‘simliklarni himoya qilish tizimini takomillashtirish hamda fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, FAO bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar samaradorligini oshirish va yangi tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot chog‘ida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini ko‘paytirish hamda sohaga ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish borasida o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlashga kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.