Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
Farg‘ona viloyatida bog‘cha tarbiyalanuvchilari ommaviy zaharlandi

Farg‘ona viloyatida bog‘cha tarbiyalanuvchilari ommaviy zaharlandi

Farg‘ona viloyatida bog‘cha tarbiyalanuvchilari ommaviy zaharlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati Oltiqo‘rg‘on tumani Qiziltepa qishlog‘idagi 7-sonli davlat maktabgacha taʼlim muassasasida ommaviy oziq-ovqatdan zaharlanish holati qayd etildi, deb xabar bermoqda hududiy Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan 13 nafar tarbiyalanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Bog‘cha faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Hodisa sabablarini aniqlash va kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda boshqa mutasaddi idoralar tomonidan kompleks tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv natijalari va ko‘rilgan choralar haqida qo‘shimcha maʼlumot eʼlon qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling