Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
FVB boshlig‘i 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

FVB boshlig‘i 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

FVB boshlig‘i 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati Pop tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan 160 ming dollar pul olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

U o‘zining 5 nafar oila-a’zolariga mazkur tuman hokimining 2021-yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini o‘zining mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berishga va’da bergan.

Hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling