Germaniyaning KfW taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining maslahatchisi Jasur Qarshiboyev Germaniyaning KfW taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va KfW banki o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Ayniqsa, bank ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va byudjetni qo‘llab-quvvatlash dasturlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu bilan birga, gender tengligini taʼminlash, barqaror rivojlanish va ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish kabi yo‘nalishlardagi amaldagi va istiqbolli tashabbuslar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Bu hamkorlik O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.