Valyuta kurslari 04/07/2025
$1 – 12557.56
UZS – -0,27%
€1 – 14809.13
UZS – -0,08%
₽1 – 159.44
UZS – -0,46%
Qidirish
Iqtisod 05/07/2025 Global institutsional investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Global institutsional investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 3-iyul kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida vazir maslahatchisi Jasur Karshibayev va “J.P. Morgan” yetakchi tahlilchilari boshchiligida global institutsional investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida mamlakatimizda makroiqtisodiy rivojlanishga oid dolzarb masalalar, moliya va bank sektorlaridagi islohotlar, shuningdek, investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama etildi. “O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish natijalari, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash choralari, moliya bozorlarini yanada rivojlantirish hamda xalqaro moliya institutlari va investitsiya banklari bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, “Fitch” reyting agentligi tomonidan mamlakatning reytingi oshirilishi hamda “S&P” va “Moody’s” agentliklari tomonidan prognozlarning “ijobiy”ga ko‘tarilishi hukumatning islohotlarga sodiqligini va kuchliroq iqtisodiyotni shakllantirish yo‘lida izchil taraqqiyotni aks ettirishi ta’kidlab o‘tildi.

Uchrashuv so‘nggida, xorijiy investorlar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar borasidagi yutuqlarni yuqori baholadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling