Hamkorbank Boshqaruv Kengashining yangi raisini tayinladi
Hamkorbank Boshqaruv Kengashining yangi raisini tayinladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Hamkorbank“ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi. Polshalik bankir Rafal Yushchak “Hamkorbank“ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Tegishli qaror 2026-yil 13-may kuni bank Kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilindi.
2021-yildan buyon bankka rahbarlik qilib kelgan Bahtiyorjon Jo‘rayev boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Rafal Yushchak xalqaro bank sektorida 26 yildan ortiq tajribaga ega. U turli yillarda Polsha, Ukraina va Belarusdagi yirik moliyaviy institutlarda, jumladan PKO BP, FUIB Ukraine (PUMB), Getin Holding, Alfa-Bank Belarus va Alfa-Bank Ukrainada rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Faoliyati davomida Yushchak bank biznesini rivojlantirish, raqamli transformatsiya va yangi moliyaviy mahsulotlarni joriy etish yo‘nalishlariga ixtisoslashgan.
U Gdansk universitetini “Tarix” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, shuningdek Fransiyaning Ruan shahridagi ”Ecole Supérieure de Commerce”da bank ishi va moliya yo‘nalishida tahsil olgan.