Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
Hindiston farmatsevtika kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Hindiston farmatsevtika kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Hindiston farmatsevtika kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Hindistonning yetakchi dori vositalari ishlab chiqaruvchilaridan biri - "Dr. Reddy‘s Laboratories" kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Farmagentlik direktori "Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Hindistonlik hamkorlar tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va farmatsevtika infratuzilmasini yuqori baholadilar. Suhbat davomida texnologiya transferi asosida ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tomonlar doimiy aloqada bo‘lish, zarur maʼlumotlar bilan o‘zaro almashish va muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling