Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Moliya 14/06/2025 Ijtimoiy himoya milliy agentligi va KfW banki hamkorlikdagi loyihani ishga tushirishni muhokama qilmoqda

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va KfW banki hamkorlikdagi loyihani ishga tushirishni muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o'rinbosari Jamshid Abruyev KfW Taraqqiyot bankining Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz departamenti bo‘lim boshlig‘i Yonas Ratfelder bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish va inklyuzivlikni kuchaytirishga qaratilgan yangi loyihani boshlash imkoniyatlarini muhokama qildilar. KfW vakillari ushbu yo‘nalishda tadqiqot olib borish uchun moliyaviy ko‘mak ajratish rejalashtirilayotganini bildirdilar.

Agentlik tomonidan mazkur loyihani qo'llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muntazam hamkorlikni davom ettirish va O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimlarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling