ISSV va Adani yirik investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

ISSV va Adani yirik investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

ISSV va Adani yirik investitsiya loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 19-may kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov "Adani Group" kompaniyasining xalqaro energetika boʻyicha bosh ijrochi direktori Amit Singx bilan uchrashuv oʻtkazdi.

"Adani Group" Hindistonning eng yirik konglomerati hisoblanib, portlar va logistika, elektr energiyasini ishlab chiqarish hamda uzatish, qayta tiklanuvchi energetika, shahar gaz taʼminoti, aeroportlar va sanoat xomashyosi kabi yoʻnalishlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.

Muloqot davomida tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda gidroenergetika, togʻ-kon sanoati, infratuzilma va koʻchmas mulk sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Hindiston tomoniga keyinchalik birgalikda ishlab chiqish uchun moʻljallangan istiqbolli loyiha takliflari taqdim etildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Hindiston tomoni Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va yaratilgan investitsiyaviy imkoniyatlarni yuqori baholadi hamda turli yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.

omonlar istiqbolli loyihalarni birgalikda ilgari surish va kelgusidagi sheriklik mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling