Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Jennifer Lopes Toshkentda konsert beradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 7-avgust kuni Toshkentdagi “Milliyʼʼ (Bunyodkor) stadionida jahon super yulduzi Jennifer Lopesning “Up All Night – LIVE IN 2025ʼʼ jahon sayyor chiqishlari doirasidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistondagi dastur qo‘shiqchining mamlakatdagi ilk chiqishi bo‘lib, Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining tashabbusi bilan xalqaro madaniy hamkorlikni targʻib etish va mamlakatimiz turizm sohasini rivojlantirish doirasida o‘tkazilib kelinayotgan loyihalar qatoriga kiradi.