Kanada murabbiyi O‘zbekistonni kuchli raqib deb atadi

Kanada murabbiyi O‘zbekistonni kuchli raqib deb atadi

Kanada murabbiyi O‘zbekistonni kuchli raqib deb atadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kanada milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh ikki terma jamoa o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan O‘zbekiston milliy jamoasini ijobiy baholadi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston yaxshi jamoa hisoblanadi va bo‘lajak o‘yin muxlislarda katta qiziqish uyg‘otadi.

«Ularning barchasi ushbu voqeaning bir qismi ekanidan faxrlanadi. Men faqat ular o‘zlarini eng yaxshi tomondan ko‘rsata olishlari uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilaman va bunga ishonaman», — dedi Marsh o‘z futbolchilari haqida fikr bildirib.

Kanada terma jamoasi murabbiyi Edmonton shahridagi Commonwealth stadioni tribunalari tomoshabinlar bilan to‘lishiga ham ishonch bildirdi.

O‘zbekiston va Kanada terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 2 iyun kuni Commonwealth stadionida bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Mundial Analytics tahlilchilari Kanada terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionati arafasida eng tez taraqqiy etayotgan milliy jamoalardan biri sifatida qayd etgan edi. Ekspertlar futbolchilarning yuqori tezligi, yaxshi jismoniy tayyorgarligi va Yevropaning yetakchi chempionatlarida to‘p surayotgan o‘yinchilar mavjudligini alohida taʼkidlagan.

Mazkur uchrashuv AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonining bir qismi hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling