Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
“Kaplanbek” va “Atameken”: O‘zbekiston–Qozog‘iston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari modernizatsiya qilindi

“Kaplanbek” va “Atameken”: O‘zbekiston–Qozog‘iston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari modernizatsiya qilindi

(Qozogʻiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat daromadlari qoʻmitasi surati)

“Kaplanbek” va “Atameken”: O‘zbekiston–Qozog‘iston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari modernizatsiya qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston–Qozog‘iston chegarasida “Kaplanbek” va “Atameken” bojxona postlari faoliyati yangilangan shaklda ish boshladi.

Ushbu nazorat-o‘tkazish punktlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati sezilarli darajada oshirildi: harakatlanish yo‘laklari soni ikkidan oltigacha kengaytirildi, barcha tartib-taomillardan o‘tish o‘rtacha 30 daqiqadan ko‘p vaqtni talab etmayapti.

Shu bilan birga, haydovchilar uchun shart-sharoit yaxshilandi — endilikda ular avtomobil kabinasidan tushmasdan, barcha tekshiruv jarayonlarini kontaktsiz va tezlashtirilgan usulda amalga oshirishlari mumkin.

2023 yildan boshlab Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining tashqi chegaralarida joylashgan barcha nazorat-o‘tkazish punktlarida CarGoRuqsat elektron navbat tizimi joriy etilgan bo‘lib, bu chegaradan o‘tish jarayonini yana-da soddalashtirib, tezlashtirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling