Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 14/06/2025 Malayziyalik tadbirkor ayollar O‘zbekiston iqtisodiyotiga qiziqish bildirmoqda

Malayziyalik tadbirkor ayollar O‘zbekiston iqtisodiyotiga qiziqish bildirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentdagi IV Xalqaro Investitsiya Forumi doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Malayziya xalqaro ayol tadbirkorlar uyushmasi (IWEM) delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova, IWEM prezidenti Norazizax Borxan hamda delegatsiya aʼzolari, jumladan kosmetologiya, gulchilik va bank sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirok etdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat tadbirkor ayollari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlari keng muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Malayziya ayol tadbirkorlari o‘rtasida V2V formatda biznes uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Shuningdek, bu tashabbusni rasmiylashtirish maqsadida hamkorlik memorandumini imzolash taklifi ilgari surildi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Norazizax Borxan O‘zbekistonda kosmetologiya va floristika sohalarida investitsiya kiritishga katta qiziqish bildirganini maʼlum qildi. Shuningdek, joriy yil oktyabr oyida Malayziyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik xalqaro ko‘rgazmada o‘zbek milliy mahsulotlari bilan ishtirok etishga taklif etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling