MSA Resort: O‘zbekistonda yangi turistik majmua ochilishi yaqinlashmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatining go‘zal go‘shalaridan biri — Ugamo-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i hududida joylashgan noyob turistik majmua — MSA Resort‘ning qurilishi yakuniga yetib bormoqda.
Mamlakatimizda turizm va barqaror infratuzilmani rivojlantirishga davlat rahbari tomonidan alohida eʼtibor qaratilayotgani tufayli, bunday ko‘lamdagi loyihalar zarur qo‘llab-quvvatlash va ilhom olish imkoniga ega bo‘lmoqda. Bu loyiha tabiat shiqoblari, milliy madaniyat va gastronomiya muxlislari uchun zamonaviy qulayliklar va mintaqaning boy merosini uyg‘unlashtirgan holda yangi sayohat nuqtasiga aylanishi kutilmoqda.
Ochilish arafasida ommaviy axborot vositalari vakillari loyiha qanday amalga oshirilayotganini ko‘rish uchun hududga tashrif buyurib, jarayonlarni ko‘zdan kechirishdi.
Kompleks mehmonlarga o‘zbekona hashamat va mehmondo‘stlik muhitini his etish imkonini beradi. Bu yerda shinam mehmonxona xonalari, milliy taomlar taqdim etiladigan restoran, degustatsiya zali hamda zamonaviy qulayliklar va Markaziy Osiyo xalqlarining ko‘p asrlik anʼanalarini uyg‘unlashtirgan autentik yurtalar (o‘tov) barpo etiladi. Shuningdek, majmuada bir vaqtning o‘zida 1000 nafardan o‘rtiq mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega ko‘p funksiyali tadbirlar maydonlari, tabiat qo‘ynidagi open-air hududlar tashkil etiladi.
Rejaga ko‘ra, MSA Resort yiliga taxminan 20 mingga yaqin turistni qabul qilishi va ularga nafaqat tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish, balki uzumchilik va vinochilik madaniyati bilan tanishish imkonini yaratadi.
MSA Resort direktori Sanjar Mirahmedov quyidagilarni taʼkidlaydi:
«Biz turizm uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadigan va mintaqaning rivojiga kuchli turtki beradigan zamonaviy, shu bilan birga milliy muhitni yaratishni maqsad qilganmiz. Yangi majmuaning asosiy g‘oyasi — milliy qadriyatlar va madaniy merosni yorqin aks ettirishdir. Biz sayyoohlar yuqori darajadagi servisni taqdim etish bilan bir qatorda, o‘zbekona anʼanalarning — meʼmorchilikdan tortib amaliy sanʼatgacha namoyon etishga intilamiz. Ayniqsa, uzumchilikning noyob va ko‘p asrlik anʼanalarini asrab-avaylashga alohida eʼtibor qaratamiz. Buning natijasida yaratilayotgan mahsulotimiz allaqachon xalqaro darajada tan olingan».
Yangi turistik majmuaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri – bu MSA Family Winery vino zavodi. U 2022 yildan buyon Fransiyaning mashhur Bordo shahridagi vino muzeyida O‘zbekiston vinochilik sohasini namoyon etib kelmoqda. 2023 yili mazkur zavod Germaniyada o‘tkazilgan Berliner Wine Trophy nufuzli tanlovida oltin medalga, shuningdek Mundus Vini tanlovida ikkita kumush mukofotga sazovor bo‘ldi. 2024 yili Fransiyaning Concours International de Lyon xalqaro tanlovida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritib, «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan eng yaxshi vino» sifatida eʼtirof etildi. Shuningdek, zavod vakili Yekaterina Mokrova O‘zbekistondagi birinchi somelye tanlovida g‘olib bo‘lgani ushbu jamoaning yuqori malakasi va professionalligidan dalolat beradi.
Majmua yaratilishi nafaqat turistlarni jalb etadi, balki 350 nafarga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali mahalliy iqtisodiyot rivojiga ham munosib hissa qo‘shadi. MSA Resort qishloq xo‘jaligi, gastro-, etno- va agro-turizm, shuningdek yuqori qo‘shimcha qiymatga ega uzumchilik va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Bu go‘zal maskan o‘zbek madaniyatining boy anʼanalari, tabiiy landshaftlar va zamonaviy infratuzilmani birlashtirgan o‘ziga xos markazga aylanishi kutilmoqda.