Valyuta kurslari 29/08/2025
$1 – 12482.38
UZS – 0,56%
€1 – 14540.72
UZS – 1,07%
₽1 – 155.23
UZS – 0,62%
Qidirish
Muzokaralar natijalari kelishuvlar bilan mustahkamlandi

Muzokaralar natijalari kelishuvlar bilan mustahkamlandi

Muzokaralar natijalari kelishuvlar bilan mustahkamlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildilar.

Umuman, tashrif doirasida 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, jumladan:

- Ekstraditsiya to‘g‘risida bitim;

- Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;

- Qo‘shma komissiya tuzish to‘g‘risida bitim;

- Viza talablarini bekor qilish to‘g‘risida bitim;

- Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;

- Tovarlar va transport vositalari harakati to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlarni onlayn almashish to‘g‘risida bayonnoma;

- Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida memorandum;

- din ishlari bo‘yicha anglashuv to‘g‘risida idoralararo memorandumlar;

- Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling