Oʻzbekiston chet elliklar va biznes uchun imtiyozlar taklif qilmoqda

Oʻzbekiston chet elliklar va biznes uchun imtiyozlar taklif qilmoqda

Oʻzbekiston chet elliklar va biznes uchun imtiyozlar taklif qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Majlisda chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish hamda kasbiy ko‘nikmalarga ega kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasida chet el fuqarolariga maxsus soliq rejimi joriy etilishi va ularning soliq rezidentlari deb e’tirof etilishi belgilanmoqda. Loyihada maxsus soliq rejimi doirasiga kiruvchi chet el fuqarolari belgilangan miqdorda yig‘im to‘lashi, vakolatli bankda hisobvaraq yoki kripto-birjada kripto-hamyon ochishi, shuningdek ularning voyaga yetgan yaqin qarindoshlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olgan daromadlari soliqdan ozod qilinishiga oid normalar nazarda tutilmoqda.

Loyihada sanoat korxonalarida dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlar uchun ijtimoiy soliq ikki baravar kamaytirilishi belgilanmoqda.

Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi chet el fuqarolarini rag‘batlantirish hamda ularga nisbatan maxsus soliq rejimini qo‘llash orqali mamlakatning investitsiya muhitini yanada yaxshilash, dual ta’limni amaliyotga samarali joriy etish, iqtisodiyot sohalarida zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olgan kadrlar tayyorlashni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling