Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Moliya 13/06/2025 Octobank HUMANS bilan Visa kobrending bank kartalarini chiqarish bo‘yicha hamkorlikni tugatdi

Octobank HUMANS bilan Visa kobrending bank kartalarini chiqarish bo‘yicha hamkorlikni tugatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Octobank” AJ HUMANS kompaniyasi bilan Visa to‘lov tizimidagi kobrending bank kartalarini chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma munosabatlarini tugatgani haqida maʼlum qildi.

Bankning rasmiy bayonotiga ko‘ra, 2025 yil 13 iyun soat 18:00 dan boshlab Humans kartalari orqali amalga oshiriladigan barcha operatsiyalar to‘xtatiladi.

Xabarda taʼkidlanishicha, Humans kartalaridagi barcha mablag‘lar HUMANS moliyaviy servisining shaxsiy hisoblariga o‘tkazilgan bo‘lib, hozirda ushbu mablag‘larning hisobini yuritish va saqlash bilan to‘liq HUMANS kompaniyasi shug‘ullanmoqda.

Shu munosabat bilan “Octobank” AJ mijozlarga, agar mablag‘larni qaytarish zarurati tug‘ilsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri HUMANS kompaniyasiga murojaat qilishni tavsiya etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling