"Oman Air" Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

"Oman Air" Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda
 

"Oman Air" Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro aeroportining yo‘nalishlar tarmog‘i kengayishda davom etmoqda: 2026-yil 2-iyundan boshlab Ummon Sultonligining milliy aviatashuvchisi — "Oman Air" — Maskat –Toshkent – Maskat yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda Toshkent xalqaro aeroporti yo'nalishlar tarmog'ini kengaytirish haqidagi bayonotda e'lon qilindi.

Parvozlar haftasiga uch marta — seshanba, juma va shanba kunlari qulay "Boeing 737" rusumli havo kemalarida bajariladi.

Oman Air’ning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi mamlakatimizning xalqaro aviaqatnovlarini rivojlantirish hamda Yaqin Sharq mamlakatlari bilan transport aloqalarini mustahkamlash yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir. Yangi yo‘nalish yo‘lovchilarga Maskat xalqaro aeroporti orqali Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Yevropa mamlakatlariga sayohat qilish, ish yuzasidan safarlar uyushtirish va qulay tutashuvlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

"Oman Air" — Maskat xalqaro aeroportida joylashgan Ummon Sultonligining milliy aviatashuvchisidir. Bugungi kunda aviakompaniya keng xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘i bo‘ylab parvozlarni amalga oshiradi hamda "British Airways" va "Qatar Airways" kabi yetakchi aviakompaniyalarni o‘z ichiga olgan "oneworld" global aviatsiya alyansining to‘laqonli a’zosi sanaladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling