O‘zbekiston dizayni birinchi marta London Dizayn Biennalesida namoyish etiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — LONDON – zamonaviy O‘zbekiston dizayni birinchi marta London Dizayn Biennalesida namoyish etiladi. Nufuzli xalqaro dizayn ko‘rgazmasining beshinchi soni 5-iyunda ochiladi va unda uch hafta davomida 40 mingdan ortiq chipta asosida tashrif buyuruvchilarni qabul qilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston dizayni “The Once and Future Garden” (“O‘tgan va Kelajak bog‘i”) nomli pavilonning asosiy mavzusi bo‘ladi. Ushbu pavilonda Madina Kasimbayevaning suzani matolari, Tigran Erdman va Timur Parmanovning mebellari, Nigora Hashimovaning moda kolleksiyasi hamda Ruth Shelley tomonidan yaratilgan shisha san’ati namoyish etiladi. Pavilon dizaynerlarning an’anaviy ilhom va zamonaviy yondashuvlarning shakl, material va texnika orqali uyg‘unlashtirish usullarini aks ettiradi.
Pavilon Amir Temur hukmronligi davrida Samarqandni o‘rab turgan buyuk bog‘lardan ilhomlangan. Bu imperatorlik bog‘lari bayramlar, marosimlar va kundalik hayot uchun mo‘ljallangan. U yerda Temuriylar imperiyasining turli hududlaridan kelgan mohir san’atkorlar va hunarmandlar yaratilgan san’at asarlari joylashgan edi.
Ushbu tarixiy bog‘larning xotirasiga bog‘langan zamonaviy o‘zbek dizaynini namoyish etuvchi pavilon mamlakatning boy san’at merosini zamonaviy nigoh bilan uyg‘unlashtirib qayta talqin qilgan asarlarni taqdim etadi.
“London Dizayn Biennalesi dunyoning turli burchaklaridan original dizayn qarashlarini bir joyga jamlaydi va o‘zbek dizaynini xalqaro auditoriyaga namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Bu pavilion orqali O‘zbekistonning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan hikoyani iste’dodli san’at arboblari bilan birgalikda taqdim etish biz uchun katta sharafdir”, – deydi pavilon kuratori Fibi Tronzo.
Pavilonda o‘zbek ijodini jahon sahnasiga olib chiqayotgan dizaynerlar ishtirok etmoqda. Madina Kasimbayeva 2006-yilda “Suzani by Kasimbaeva” nomli studiyasiga asos solgan. Uning mashhur kashtachilik ishlari xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etilgan va Buyuk Britaniya muzeyining doimiy kolleksiyasiga kiritilgan. Nigora Hashimova esa o‘z nomidagi moda brendini 2013-yilda yaratgan bo‘lib, uning jozibali dizaynlari Moskva va Milanning moda ko‘rgazmalarida namoyish etilgan. Tigran Erdman va Timur Parmanov esa Parijda hamda Milandagi nufuzli Salone del Mobile ko‘rgazmasida ishtirok etgan innovatsion mebel dizaynerlaridir.
“O‘zbekiston nomidan London Dizayn Biennalida ishtirok etish – bu bizning merosimizni ulashish va mavjud tasavvurlarni qayta ko‘rib chiqish uchun muhim imkoniyatdir. Bugungi o‘zbek dizayni – qobiliyatli, jasur va jonli. U global muloqotning bir qismi bo‘lishga loyiq,” – dedi pavilonning assistent kuratori Alsu Axmetzyanova.
Pavilon dizayni sakkizburchak shaklda yaratilgan bo‘lib, u Temuriylar bog‘larining markazida joylashgan ochiq havo pavilonlarini eslatadi. Ko‘rgazma dizayni Olmaotada joylashgan, mukofotlarga sazovor bo‘lgan ayollar yetakchiligidagi me’morlik studiyasi - NAAW tomonidan ishlab chiqilgan.
Pavilon O‘zbekistonning strategik kommunikatsiyalar kompaniyasi DNA tomonidan tashkil etilmoqda va bu kompaniyaning besh yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarning bir qismidir. Toshkent va Londonda ofislariga ega bo‘lgan DNA kompaniyasi ushbu pavilonni Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy almashinuvni yanada rivojlantirish maqsadida buyurtma qilgan.
Pavilonda, shuningdek, taniqli britaniyalik shisha rassomi Ruth Shelley ham ishtirok etadi. Shelley 2023-yilda O‘zbekistonning Marg‘ilon shahriga sayohat qilib, butun mamlakat bo‘ylab hunarmandlar bilan uchrashdan. Ushbu tashrif unga o‘zbek ikat (atlas) naqshlaridan ilhomlanib, shisha idishlar kolleksiyasini yaratishga undadi. Bu – o‘zbek dizayn motivlari xalqaro san’atkorlar ijodiga qanday ta’sir qilayotganining yorqin namunasidir.
Pavilon homiylari qatorida Sturgeon Capital, Sturgeon Foundation, SUEZ va Porsche Uzbekistan mavjud. Qo‘shimcha moliyaviy ko‘mak esa DNA kompaniyasi hammuassislari – Esfandyar Batmangelidj va Dinara Dultayeva, shuningdek, taniqli o‘zbek tadbirkori Zafar Hashimov tomonidan taqdim etilgan.
London Dizayn Biennalesi doirasida 40 dan ortiq pavilonlar ishtirok etadi, jumladan Argentina, Ozarbayjon, Chili, Polsha, Oman, Saudiya Arabistoni va Turkiya kabi mamlakatlar, mintaqalar va muassasalar vakillari ham qatnashadi. Biennale London markazida, Temza daryosi bo‘yida joylashgan tarixiy Somerset House — yirik madaniy markazda bo‘lib o‘tadi.
Pavilon faoliyatini Instagramdagi @uzbekistan_ldb sahifasi orqali kuzatib borish mumkin.
London Dizayn Biennalesi haqida
2016-yilda Sir Jon Sorrell CBE va Ben Evans CBE tomonidan tashkil etilgan London Dizayn Biennalesi xalqaro hamkorlikni va dizaynning global rolini rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshlanishidan beri Biennale dunyoning eng qiziqarli va jasoratli dizaynerlari, innovatorlari hamda madaniy tashkilotlarini Londonga jalb qilib kelmoqda.
London Dizayn Biennalesining beshinchi soni 2025-yil 5-29-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu safargi tadbirning badiiy rahbari – britaniyalik dizayner va rassom, A-COLDWALL va SR_A brendlarining asoschisi hamda Black British Artists Grants dasturining tashkilotchisi, doktor Samuel Ross MBE hisoblanadi.
Joriy yilgi Biennalening mavzusi – “Sirtdagi aks-sado” bo‘lib, ishtirokchilarni dizayn orqali inson shaxsiyatini shakllantiruvchishaxsiy tarixlar bilan bog‘liq – o‘zligimiz qanday shakllanishini o‘rganishga taklif etadi. Doktor Samuel Ross MBE shunday dedi: “Hayotdagi kashfiyotlar bizni kimligimizni belgilovchi shaxsiy tarixlar orqali yuzaga keladi – g‘oyalarimiz ichki tajribalar va tashqi ta’sirlar bilan oziqlanadi. Birgalikda ular insoniy tajribaning ko‘p qirrali rang-barangligini tashkil etadi.”
Biennale davomida Somerset House’ning butun maydoni ishtirokchilariga dizayn vositasi xalqaro hamkorlikning yangi shakllarini tasavvur qilish va hayotga tatbiq etish imkonini beradi.
London Dizayn Biennalesining xalqaro maslahatchilar kengashi va hakamlar hay’ati quyidagilardan iborat: Paola Antonelli, Rashid va Ahmed bin Shabib, Viktoria Broackes, Ben Evans CBE, Dylan Jones OBE, Suhair Khan, professor Jeremy Myerson, Charlene Prempeh, Tosin Oshinowo, Jonatan Reekie CBE, doktor Christopher Turner va Ana Yang.
DNA – O‘zbekistonning birinchi integratsiyalashgan kommunikatsiya agentligi. 2020-yilda Esfandyar Batmanghelidj va Dinara Dultaeva tomonidan tashkil etilgan bu kompaniya PR, brending va marketing va tadbirlarni boshqarish xizmatlarini taqdim etuvchi yetakchi agentlikka aylangan. DNA xalqaro tashkilotlar, ko‘p millatli kompaniyalar, O‘zbekston korxonalari hamda davlat idoralari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Kompaniyaning Toshkent va London shaharlarida ofislari mavjud. Kompaniyaning Toshkent va London shaharlarida ofislari mavjud. Tashkil topganidan buyon DNA o‘zining ijtimoiy mas’uliyat loyihalarini muntazam davom ettirib kelmoqda, jumladan: talabalar uchun stipendiyalar, PR kampaniyalari va san’at loyihalarini muntazam amalga oshirib kelmoqda.