O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi USP bilan dori vositalarini AQSHda ro‘yxatdan o‘tkazish va eksport qilish masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov AQSH Farmakopeyasi (USP)ning Jamoatchilik siyosati va regulyator ishlari direktori Zakiya Al-Kurdi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida AQSHda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari va talablari, eksportni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilinib, o‘zaro hamkorlikning amaliy yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.
Qo‘shimcha ravishda USP Konvensiyasida aʼzolik masalasi ko‘rib chiqilib, Agentlikning mazkur jarayonda ishtirok etishi imkoniyatlari muhokama etildi.