Valyuta kurslari 30/06/2025
$1 – 12654.13
UZS – 0,54%
€1 – 14817.99
UZS – 0,4%
₽1 – 161.18
UZS – 0,47%
Qidirish
Texnologiyalar 22/05/2025 O‘zbekiston ilk bor global startap-ekotizimlar reytingida Top-100likka kirdi

O‘zbekiston ilk bor global startap-ekotizimlar reytingida Top-100likka kirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston ilk bor Global Startup Ecosystem Index 2025 — global startap-ekotizimlar reytingida Top-100likka kirdi.

StartupBlink platformasi tomonidan eʼlon qilingan Global Startup Ecosystem Index 2025 yangilangan reytingida innovatsion iqtisodiyot sohasidagi dunyo yetakchilari aniqlangan.

Indeks Crunchbase, Semrush kabi global hamkorlar hamda 100 dan ortiq mamlakatning davlat idoralari maʼlumotlari asosida shakllantirilgan.

2025 yilda O‘zbekiston muhim yutuqqa erishdi — mamlakat ilk bor dunyodagi eng yaxshi yuzta startap-ekotizimlar qatoriga kirdi. O‘zbekiston umumiy indeksda 12 pog‘ona yuqori ko‘tarilib, 98-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston rekord darajada o‘sish surʼatlarini namoyon etdi va Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan startap-markaz hamda bu sohadagi jahon miqyosidagi asosiy ilg‘or qatnashchilardan biriga aylandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling