Valyuta kurslari 30/06/2025
$1 – 12654.13
UZS – 0,54%
€1 – 14817.99
UZS – 0,4%
₽1 – 161.18
UZS – 0,47%
Qidirish
Iqtisod 23/06/2025 O‘zbekiston Mo‘g‘uliston poytaxtida o‘z mahsulotlarining shourum-ko‘rgazmasini ochdi

O‘zbekiston Mo‘g‘uliston poytaxtida o‘z mahsulotlarining shourum-ko‘rgazmasini ochdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mo‘g‘ulistonning poytaxti Ulan-Bator shahrida “Made in Uzbekistan” shourum-ko‘rgazmasi va milliy savdo uyi ochildi.

Ko‘rgazmani O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va Mo‘g‘uliston Bosh vazirining o‘rinbosari Saynbuyangiyn Amarsayxan tantanali ravishda ochib berishdi.

1 053 kv.m. maydonda tashkil etilgan ko‘rgazmada O‘zbekistonning to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, charm-poyabzal, qurilish materiallari, elektrotexnika, mebel, farmatsevtika, avtomobilsozlik va tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Mazkur savdo uyi ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlash va O‘zbekiston mahsulotlarini yangi bozorlarga olib chiqishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling