O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Chilini o‘rtoqlik uchrashuvida mag‘lub etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 11 iyun kuni O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U-17) Chilida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida mahalliy o‘smirlar termasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu ikki jamoa o‘rtasida rejalashtirilgan ikki o‘yindan birinchisi edi.
Uchrashuvdagi yagona golni 35-daqiqada Azizbek Erimbetov kiritdi.
Bu o‘yinlar 2025 yil noyabr oyida Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilmoqda.
Chiliga qarshi navbatdagi o‘yin 13 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, 17 va 19 iyun kunlari O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Boliviya o‘smirlar jamoasiga qarshi maydonga tushadi.