Valyuta kurslari 02/09/2025
$1 – 12460.70
UZS – -0,17%
€1 – 14545.38
UZS – 0,03%
₽1 – 155.06
UZS – -0,11%
Qidirish
O‘zbekiston Piskent poligonida avtomobillarni sinovdan o‘tkazishni to‘xtatdi

O‘zbekiston Piskent poligonida avtomobillarni sinovdan o‘tkazishni to‘xtatdi

O‘zbekiston Piskent poligonida avtomobillarni sinovdan o‘tkazishni to‘xtatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2025-yil 2-sentabrdan boshlab Piskent poligonida avtomobillarni sinovdan o‘tkazish to‘xtatiladi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi xabar berdi.

Iste’molchilar manfaatlarini ta’minlash va sifat kafolatiga ega bo‘lmagan avtomobillarni respublikamizga olib kirilishini hamda jamoat yo‘llarda baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, 2024-yilning 1-noyabridan boshlab Piskent sinov majmuasida avtotransport vositalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentga muvofiq sinovlardan o‘tkazilgan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, respublikamizga texnik reglamentga muvofiq transport turi ma’qullanmagan yengil avtomobillarning import qilingani sababli, ularning sinovlari birma-bir o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan.

2024-yilgacha faqatgina 3 ta dilerlik markazlari faoliyat yuritgan bo‘lsa, ular atiga 15 ta avtomodel uchun turini ma’qullash hujjatini olgan edi xolos.

Hozirgi kunda esa, 21 ta xorijiy kompaniyalarning rasmiy dilerlari o‘z faoliyatini boshladi va 100 dan ortiq avtomobil rusumlariga turini ma’qullash hujjatlari rasmiylashtirildi. Bu sertifikatlangan avtomobillarni tizimli yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish va xaridorlar uchun tanlovni kengaytirish imkonini berdi.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, rasmiy dilerlar va xizmat koʻrsatish markazlari sonining oʻsishi sinov poligonida sinov oʻtkazish amaliyotini keraksiz qilib qoʻygan. Import qilingan avtomobillarning sifati va xavfsizligini nazorat qilish davom ettiriladi. Iste’molchilardan e’tirozlar kelib tushganda ushbu avtomobillarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Agentlik fuqarolarga avtomobillarni faqat rasmiy dilerlardan sotib olishni tavsiya qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling