Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
O‘zbekiston Prezidenti Chexiya Bosh vaziri bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bok-u shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim bo‘yicha konferensiyasi doirasida Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Petr Fiala bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Chexiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Chexiya an’anaviy ravishda mamlakatimizning Yevropadagi muhim hamkori hisoblanadi. Keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 barobar, qo‘shma korxona va loyihalar soni 3 barobar ko‘paydi.

Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirish, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" va aniq loyihalardan iborat sanoat kooperatsiyasi dasturini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.

Madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling