O‘zbekiston Prezidenti "Gazprom neft" kompaniyasi bilan hamkorlikning istiqbolli rejalarini ko‘rib chiqdi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 09/09/2025
$1 – 12439.41
UZS – -0,65%
€1 – 14583.96
UZS – -0,34%
₽1 – 151.87
UZS – -1,19%
Qidirish
O‘zbekiston Prezidenti "Gazprom neft" kompaniyasi bilan hamkorlikning istiqbolli rejalarini ko‘rib chiqdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi.

Rossiyaning ushbu yetakchi kompaniyasi bilan neft-gaz majmuasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni tegishli "yo‘l xaritasi"ga  muvofiq rivojlantirishning istiqbolli rejalari ko‘rib chiqildi.

Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, murakkab konlarni o‘zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling