Valyuta kurslari 16/07/2025
$1 – 12778.12
UZS – 0,62%
€1 – 14931.23
UZS – 0,56%
₽1 – 164.01
UZS – 1,14%
Qidirish
Iqtisod 15/07/2025 O‘zbekiston – Qatar: Raqamli hamkorlikning yangi bosqichi

O‘zbekiston – Qatar: Raqamli hamkorlikning yangi bosqichi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qatar davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hassan bin Hamza Hashim Raqamli texnologiyalar vazirligiga rasmiy tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonga IT Park faoliyati, uning ekotizimi va istiqboldagi loyihalar haqida batafsil taqdimot o‘tkazildi. Shundan so‘ng, UZINFOCOM markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Tashrifning asosiy qismida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qatar davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Hassan bin Hamza Hashim o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi raqamli sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator masalalar muhokama etildi. 

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi raqamli sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator masalalar muhokama etildi.

Jumladan, O‘zbekistondagi mahalliy startaplarni yanada rivojlantirish va ularga Qatar tomonidan investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan milliy IT mahsulotlarni Qatar orqali boshqa arab davlatlari bozorlariga chiqarish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, Qatar tomoniga “ICTWeek Uzbekistan 2025” AKT haftaligida ishtirok etish taklifi berildi, shuningdek, mazkur forumda Qatarning IT kompaniyalari ishtirokini ta’minlash va milliy pavilonini tashkil etish borasida takliflar ilgari surildi.

O‘z navbatida, Qatarning venchur fondlari va o‘zbek mahalliy startaplari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi hamda IT sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda IT xizmatlari eksportini ko‘paytirish imkoniyatlari haqida fikrlar almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling