O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat qilish uchun chaqiruvchilarni saralashning yangi tartibi tasdiqlandi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 10/09/2025
$1 – 12355.14
UZS – -0,68%
€1 – 14539.53
UZS – -0,3%
₽1 – 148.48
UZS – -2,23%
Qidirish
O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat qilish uchun chaqiruvchilarni saralashning yangi tartibi tasdiqlandi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat qilish uchun chaqiruvchilarni saralashning yangi tartibi tasdiqlandi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat qilish uchun chaqiruvchilarni saralashning yangi tartibi tasdiqlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.

Chaqiriluvchilar tanlovda 1 yilda faqat 1 marta ishtirok etishi mumkin.

Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10 avgustidan chaqiruv yilining 10 fevraliga qadar o‘tkaziladi.

Chaqiriluvchi bilan suhbat o‘tkazish orqali uning quyidagi maʼlumotlariga aniqlik kiritiladi:

  • harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqi;
  • huquqbuzarliklar sodir etgani, javobgarlikka tortilgani va sudlangani bilan bog‘liq holatlar;
  • sog‘lig‘ining holati;
  • bilim darajasi;
  • oilaviy sharoiti va boshqalar.

Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali baholanadi:

  • turnikda tortilish;
  • 100 metrga yugurish;
  • 3000 metrga yugurish.

Tanlov yakunlari bo‘yicha chaqiriluvchini tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik bo‘yicha tegishli xulosa qabul qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling