O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi savdo aloqalarini mustahkamlash maqsadida Afg‘onistonga ishbilarmonlar safarini tashkil etdi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 11/09/2025
$1 – 12360.86
UZS – 0,05%
€1 – 14479.51
UZS – -0,41%
₽1 – 145.66
UZS – -1,9%
Qidirish
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi savdo aloqalarini mustahkamlash maqsadida Afg‘onistonga ishbilarmonlar safarini tashkil etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2-5 avgust kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbarligidagi 40 dan ortiq ishbilarmonlar delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg‘oniston Islom Amirligida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya tarkibiga qurilish, oziq-ovqat, elektrotexnika, tekstil, mebel, farmatsevtika, shaxsiy gigiyena va kosmetika hamda boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar kiritilgan.

Tashrif doirasida qator muhim tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Xususan, Kobul va Mozori-Sharif shaharlarida afg‘on tadbirkorlari bilan B2B uchrashuvlar, mahalliy bozorlarga hamda savdo uyiga tashrif tashkil etiladi.

Tashrifning asosiy maqsadi – yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, savdo aylanmasini oshirish va qo‘shma loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling