O‘zbekiston ShHT doirasida fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 12-iyun kuni Xitoyning Chendu shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlarning fan va texnologiyalar sohasiga mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlarining To‘qqizinchi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Yig‘ilishda vaziri o‘rinbosari ShHT doirasida ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi amaliy loyihalarni birgalikda yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surdi.
Kun davomida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Belarus, Qozog‘iston va boshqa davlatlar vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etdi.
Shuningdek, dastur doirasida Sian neft universiteti prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi va ilg‘or muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolarini Xitoyda tayyorlashga qaratilgan hamkorlik bitimi imzolandi.