O‘zbekiston Syamen shahrida bo‘lib o‘tayotgan CIFIT ko‘rgazmasida investitsiya pavilyonini taqdim etdi — UzDaily.uz
Valyuta kurslari 09/09/2025
$1 – 12439.41
UZS – -0,65%
€1 – 14583.96
UZS – -0,34%
₽1 – 151.87
UZS – -1,19%
Qidirish
O‘zbekiston Syamen shahrida bo‘lib o‘tayotgan CIFIT ko‘rgazmasida investitsiya pavilyonini taqdim etdi

O‘zbekiston Syamen shahrida bo‘lib o‘tayotgan CIFIT ko‘rgazmasida investitsiya pavilyonini taqdim etdi

O‘zbekiston Syamen shahrida bo‘lib o‘tayotgan CIFIT ko‘rgazmasida investitsiya pavilyonini taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 8-sentabr kuni Syamen shahrida bo‘lib o‘tayotgan 25-Xitoy xalqaro investitsiya va savdo yarmarkasi (CIFIT) doirasida “Invest in Uzbekistan” brendi ostida O‘zbekiston pavilonining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1997-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan CIFIT — Xitoyning eng yirik investitsiya va savdo ko‘rgazmasi hisoblanadi. Joriy yilda unda o‘nlab davlatlarning vakillari hamda iqtisodiyotning turli sohalarini qamrab olgan 500 dan ortiq yetakchi xitoy kompaniyalari ishtirok etmoqda.

To‘rt kun davomida O‘zbekiston paviloni mehmonlarga mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi, geologiya, turizm, kimyo va to‘qimachilik sanoati, shuningdek charm hamda ipakchilik sohalaridagi investitsiya imkoniyatlarini taqdim etadi.

Dastur doirasida taqdimotlar, mahsulot namoyishlari, seminarlar hamda o‘zbek va xitoy tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan G2G, G2B va B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling