O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari bilan uchrashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — TIVda "JICA", "JETRO" hamda yetakchi yapon kompaniyalari — "Sumitomo Corporation", "ITOCHU Corporation", "Toyota Tsusho Corporation", "Marubeni Corporation", "MITSUI & Co", "Mitsubishi Corporation", "Sojitz Corporation" vakillari bilan foydali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda xorijiy ishbilarmonlar uchun amalga oshirilayotgan amaliy islohotlar, ilg‘or texnologiyalar va yapon kompaniyalarining boy tajribasini hisobga olgan holda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildik.
Mavjud masalalarga eng yaxshi yechimlarni topish, biznes uchun qulay sharoitlarni yaratish, ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va boshqa muhim masalalar kun tartibimizdagi asosiy mavzulardan bo‘ldi.