Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston Turkiyaning Kura Ltd kompaniyasi bilan farmatsevtika sohasidagi loyihalarni muhokama qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Turkiyanng “Kura Ltd.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Farmagentlik direktori A.Azizov tomonidan "Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri, uning infratuzilmaviy imkoniyatlari, sarmoyadorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, xalqaro sertifikatlash, ro‘yxatdan o‘tkazishni o‘zaro tan olish, tartibga soluvchi organlar, jumladan FDA bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.