Valyuta kurslari 01/07/2025
$1 – 12694.97
UZS – 0,32%
€1 – 14878.50
UZS – 0,41%
₽1 – 161.60
UZS – 0,26%
Qidirish
Iqtisod 01/07/2025 O‘zbekiston va Envision Group energiya saqlash sohasida qo‘shma korxona yaratish masalasini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Envision Group energiya saqlash sohasida qo‘shma korxona yaratish masalasini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 30-iyun kuni "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Xitoyning muqobil energetika yo‘nalishida yetakchi kompaniyalaridan biri — “Envision Group” vakillari bilan navbatdagi muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Jahongir Jamalov, "Envision Group" kompaniyasining Markaziy Osiyo bo'yicha menejeri Yevgeniy Tipakov, ushbu kompaniyaning O‘zbekistondagi mahalliy hamkori — “Solar Nature” korxonasi rahbari Farrux Asralxodjayev hamda boshqalar ishtirok etdi.

Suhbat davomida mehmonlar O‘zbekistondagi mavjud vaziyat, ichki bozor salohiyati va litiy-ion batareyalarni mahalliylashtirish borasida hukumat tomonidan yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.

Tomonlar energiya saqlash tizimlari (BESS) bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini yana bir bor muhokama qilib, "O‘zeltexsanoat" uyushmasi tomonidan zarur texnik va iqtisodiy ma’lumotlarni taqdim etishga, shuningdek, kelgusida qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda yashil energetika, texnologik yangilanish va sanoatni mahalliylashtirish yo‘lida yana bir muhim strategik qadam sifatida e’tirof etilmoqda.

“Envision Group” — xalqaro darajadagi aqlli energiya texnologiyalari va barqaror energetika yechimlariga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalardan biridir.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling