O‘zbekiston va Iordaniya ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Iordaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Demiya Zuhayr Xaddad bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, shuningdek, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik ko‘rib chiqildi.