Valyuta kurslari 12/09/2025
$1 – 12447.35
UZS – 0,7%
€1 – 14545.97
UZS – 0,46%
₽1 – 146.08
UZS – 0,29%
Qidirish
O‘zbekiston va Qozog‘iston farmatsevtika xavfsizligi sohasida hamkorlikni muhokama qildilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston farmatsevtika xavfsizligi sohasida hamkorlikni muhokama qildilar

O‘zbekiston va Qozog‘iston farmatsevtika xavfsizligi sohasida hamkorlikni muhokama qildilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori Alisher Temirov Qozog‘iston Respublikasi Dori vositalari va tibbiy buyumlar ekspertizasi Milliy markazi bosh direktori Dauren Dixanbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar dori vositalar va tibbiy jihozlarni tartibga solish, sifat nazorati, sertifikatlashtirish jarayonlari hamda xalqaro standartlar bo‘yicha tajriba almashish masalalarini batafsil muhokama qildi.

Shuningdek, kelgusida ilmiy, texnologik va professional hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va treninglar tashkil etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Xalqaro anjuman ikki mamlakat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni mustahkamlash va farmatsevtika xavfsizligini yana-da oshirishga xizmat qiluvchi platforma sifatida o‘tayotganligi taʼkidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling