Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
O‘zbekiston 12/07/2025 O‘zbekiston va UNCTAD raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

O‘zbekiston va UNCTAD raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Konferensiya uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayevning UNCTADning raqobat va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha bosh koordinatori Tereza Moreyra xonim bilan ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘zaro fikr almashdilar va hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishga kelishib oldilar.

Suhbat davomida Qo‘mita raisi quyidagi asosiy yo‘nalishlarda idoralararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflarini bildirdi:

UNCTAD bilan hamkorlikda O‘zbekistonda raqobat qonunchiligi va davlat raqobat siyosati samaradorligini baholash bo‘yicha xalqaro ekspert baholashini o‘tkazish.

UNCTADning uslubiy ko‘magida O‘zbekiston uchun besh yillik Milliy isteʼmol siyosati strategiyasini ishlab chiqish.

Tereza Moreyra xonim tomonidan mazkur takliflar to‘liq qo‘llab-quvvatlandi hamda ularni amalga oshirish yuzasidan aniq yo‘nalishlar va amaliy tavsiyalar berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling